Pekindan munosabat: O‘zbekistonning YEOIIdagi ishtiroki mintaqada iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi
May 30, 2026. 12:00 • 2 daq
• 31
PEKIN, 30-may. /“Dunyo” AA/. Xitoy, Rossiya va Markaziy Osiyo jamiyati eksperti Van Syanszyu “Dunyo” AA muxbiriga mamlakatimiz yetakchisining kuzatuvchi davlat rahbari maqomida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtiroki xususida fikr bildirdi:
– O‘tgan yili Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, YEOII mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakat tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlagan edi.
Shubhasiz, O‘zbekiston YEOIIda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish orqali muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda, barcha a’zo davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirmoqda. Bu omillar xalqaro munosabatlar, ayniqsa, iqtisodiy va energetika sohalaridagi noaniqlik va beqarorlik sharoitida respublika iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga xizmat qilmoqda.
YEOII doirasidagi hamkorlik O‘zbekistonni global iqtisodiyotni xalqaro darajaga olib chiqish, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, xalqaro savdo, kapital harakati, infratuzilma va axborot tizimlarini rivojlantirish kabi jarayonlarga integratsiya qilishga ko‘maklashmoqda.
Bu vaziyatda YEOII mamlakatlari bilan tovar aylanmasini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning aksariyati O‘zbekiston uchun strategik hamkor va yaqin qo‘shnilar hisoblanadi, bu esa eksport salohiyatini amalga oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va YEOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi integratsiya ishlab chiqarish o‘sishi, texnologiyalarning tez tarqalishi, infratuzilmaning rivojlanishi, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar roli kengayishi hamda savdo va bozorlarning liberallashuviga ham turtki beradi.
Bundan tashqari, o‘tgan yili davlat rahbari elektron savdo, tovarlarni raqamli markirovkalash, yangi avlod logistika platformalarini yaratish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini turli sohalarga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirishni oqilona taklif etgan edi. E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishlar bu yil ham katta talabga ega bo‘lib, amalda tatbiq etilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Budapeshtdan munosabat: O‘zbekistonning ko‘pvektorli tashqi siyosati Yevroosiyodagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirmoqda

4–6 iyun kunlari Toshkentda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi


