Tojikistonning “Avesta” AAning o‘zbek tilidagi sahifasi ishga tushirildi

Oktabr 21, 2026. 20:00 • 42 soniya

• 175
Tojikistonning “Avesta” AAning o‘zbek tilidagi sahifasi ishga tushirildi

DUSHANBE, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. Tojikistonning “Avesta” axborot agentligi o‘z veb-saytining o‘zbek tilidagi sahifasini ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyihaning maqsadi Tojikistonda o‘zbek tilining nufuzini mustahkamlash va maqomini yuksaltirishdan iborat. Sahifani ochishda mamlakatning o‘zbekzabon aholisining tezkor axborotga bo‘lgan ehtiyoji inobatga olindi.

“Avesta” Tojikistonning yirik axborot agentliklaridan biri hisoblanadi. Endilikda agentlik materiallari besh tilda: rus, xitoy, arab, ingliz va o‘zbek tillarida e’lon qilinmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish