Tojikiston lola va boychechakni milliy gul deb e’lon qildi
Oktabr 21, 2026. 17:00 • 52 soniya
• 199
DUSHANBE, 21-oktabr. /“Dunyo” AA/. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon lola va siyohgush (boychechak)ni mamlakatning milliy gullari deb e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Hujjatga ko‘ra, hukumat ushbu gullarni milliy va xalqaro tadbirlarda ommalashtirish choralarini ko‘rishi lozim.
“Xovar” milliy axborot agentligining ta’kidlashicha, lola va siyohgush tojik madaniyati, adabiyoti va an’analarida, jumladan, Navro‘z bayrami bilan bog‘liq udumlarda alohida o‘rin tutadi. Boychechak bahor kelishini, lola esa xalqning go‘zalligi, or-nomusi va qadr-qimmatini ifodalaydi.
Mazkur tashabbus, madaniy merosni asrab-avaylash, noyob o‘simlik turlarini muhofaza qilish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish va milliy o‘zlikni mustahkamlashga qaratilgan.
“Avesta” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi