O‘zbekiston va Qozog‘iston bir qator muhim tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi
Iyun 01, 2026. 12:25 • 55 soniya
• 453
OSTONA, 1-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Ostonaga tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri “Kazinform” xalqaro axborot agentligiga tayanib.
Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, mazkur hujjatning imzolanishi Qozog‘iston Prezidentining 2025-yil 14-15-noyabr kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi bo‘ldi.
Yangi “yo‘l xaritasi” avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, qurilish materiallari, uy-joy qurilishi, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, unda ilgari surilgan tashabbuslarning ro‘yobga chiqarilishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni yana-da mustahkamlashga hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi