Xorazm va Dashog‘uz ishbilarmonlari o‘rtasida 3 million dollarlik shartnomalar imzolandi

Iyun 11, 2026. 16:00 • 2 daq

142

DASHOG‘UZ, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. Turkmanistonning Dashog‘uz shahrida Xorazm viloyati delegatsiyasi ishtirokida qo‘shma biznes-forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Xorazm viloyatidan 10 dan ortiq xususiy korxona va kompaniya vakillari qatnashdi. Forum davomida qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, logistika hamda savdo sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida ikki hudud tadbirkorlari o‘rtasida B2B formatidagi muzokaralar tashkil etildi. Unda mahsulot yetkazib berish, dilerlik tarmoqlarini yaratish va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Forumda Turkmaniston bozoriga qurilish materiallari, lak-bo‘yoq mahsulotlari, qog‘oz va karton, yengil sanoat tovarlari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni nazarda tutuvchi umumiy qiymati 3 million dollarlik yangi eksport shartnomalari va savdo bitimlari imzolandi.

Tashrif doirasida delegatsiya Dashog‘uzdagi ip-yigiruv fabrikasi va “Amantaý” xususiy korxonasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda tomonlar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish