O‘zbekiston va Qozog‘iston atmosferaning transchegaraviy ifloslanishini kamaytirish va mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzmoqda
Iyul 10, 2026. 12:00 • 2 daq
• 87
OSTONA, 10-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Qozog‘iston atmosfera havosini muhofaza qilish va transchegaraviy havo ifloslanishini kamaytirish sohasida hamkorlikni yana-da kengaytirishga kelishib oldi, xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Vostochniy ekspress 24” portaliga tayanib.
Portalda yozilishicha, muzokaralar chog‘ida atmosfera havosi holatini monitoring qilish, ilmiy maʼlumotlar almashish hamda “Toza havo” loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus joriy yil aprel oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Muloqot davomida havo sifati monitoringi tizimini takomillashtirish, xususan, “PM2.5” va “PM10” mayda dispersli zarrachalar miqdorini kuzatish, atmosfera havo oqimlari orqali ifloslantiruvchi moddalar tarqalishining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar havo ifloslanishiga qarshi samarali kurashish uchun ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, maʼlumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston olimlari hamda soha mutaxassislari ishtirokida qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi