Rossiya OAV O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifini keng yoritdi

Iyul 10, 2026. 14:30 • 2 daq

114
Rossiya OAV O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifini keng yoritdi
Rossiya OAV O‘zbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifini keng yoritdi

MOSKVA, 10-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8–9-iyul kunlari Belarusga qilgan rasmiy tashrifi haqida Rossiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida qator maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Rossiyskaya gazeta”ning yozishicha, 8-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Minskka tashrif buyurdi. Uni Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin, Tashqi ishlar vazirligi rahbari Maksim Rijenkov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Anʼanaga ko‘ra, mehmon G‘alaba yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Delegatsiyalarning rasmiy muzokaralari 9-iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan O‘zbekistonda Belarus mahsulotlarini sanoat yo‘sinida yig‘ish, oziq-ovqat va sanoat tovarlarini o‘zaro yetkazib berish, madaniyat, taʼlim, fan va texnologiyalar, sunʼiy intellekt va AKT sohalaridagi hamkorlik masalalari o‘rin oldi.

“MIR24” telekanalining xabar berishicha, rasmiy muzokaralar arafasida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni o‘z qarorgohida qabul qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus yetakchisining 2024-yilda O‘zbekistonga qilgan tarixiy tashrifidan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani, bosh vazirlar, vazirlar va parlamentlar darajasida muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilganini taʼkidladi.

Shuningdek, Toshkent va Minsk savdo-sanoat palatalari tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston savdo uyining Minskdagi ochilish marosimi ham keng yoritildi.

Rossiyskaya gazeta” va “MIR24” media-resursi maʼlumotlariga ko‘ra, marosimda ikki mamlakat bosh vazirlario‘rinbosarlari ishtirok etgan. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Savdo uyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika, uy to‘qimachiligi va boshqa yengil sanoat mahsulotlari namoyish etilgani, ushbu obyekt esa ishbilarmon doiralarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari va qo‘shma korxonalar yaratish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lganini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish