Qirg‘iziston yonilg‘i importi bo‘yicha bir qator davlatga murojaat yo‘lladi, ular safida O‘zbekiston ham bor
Iyul 02, 2026. 22:00 • 2 daq
• 84
BISHKEK, 2-iyul. /“Dunyo” AA/. Qirg‘iziston yonilg‘i-moylash materiallari barqaror yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat idoralariga rasmiy murojaat yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qirg‘iziston Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu chora mamlakatning energetik xavfsizligini kafolatlash va ichki bozorni barqaror taʼminlashga qaratilgan kompleks harakatlar doirasida qabul qilingan. Ayni paytda yonilg‘i yetkazib berishni diversifikatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, respublikada yonilg‘i-moylash materiallarining yetarli zaxiralari shakllantirilgan bo‘lib, avval tuzilgan shartnomalarga muvofiq, yetkazib berish ishlari doimiy asosda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, neftning jahon narxlari oshishi, Yaqin Sharqdagi geosiyosiy keskinlik va xalqaro logistikadagi xatarlar ichki bozorga o‘z taʼsirini ko‘rsatishda davom etmoqda.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston hukumati neft mahsulotlarining ichki ishlab chiqarish hajmini oshirish choralarini ko‘rmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalari rahbariyatiga benzin va boshqa turdagi yonilg‘i ishlab chiqarishni ko‘paytirish topshirilgan, bozordagi vaziyat va narxlar darajasi esa davlat idoralarining doimiy nazoratidadir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi