Bangkokda O‘zbek tili bayrami bo‘lib o‘tdi

Oktabr 24, 2026. 15:00 • 52 soniya

• 162
Bangkokda O‘zbek tili bayrami bo‘lib o‘tdi

BANGKOK, 24-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda bosh konsul Faxriddin Sultonov o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi hamda uning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, yoshlar o‘rtasida ona tiliga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish chora-tadbirlari haqida so‘z yuritdi.

Ishtirokchilar ona tili milliy o‘zlikning eng muhim qismi ekanini, xalqimizning tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettirishini ta’kidladi. Uchrashuvda O‘zbekiston Ombudsmani Feruza Eshmatova ham ishtirok etdi.

Vatandoshlarga 2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga oid qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir doirasida o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Osmon qiroli” badiiy filmi namoyish etilib, mamlakatimizning sayyohlik salohiyatiga oid materiallar taqdim qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish