Belarusda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

Oktabr 24, 2026. 17:30 • 2 daq

• 104
Belarusda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Belarusda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
Belarusda O‘zbek tili bayrami nishonlandi

MINSK, 24-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Belarusdagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Belarusning qator davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar O‘zbek tili bayrami hamda O‘zbekiston–Belarus aloqalarini rivojlantirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Xususan, Belarus Milliy kengashi (parlamenti) quyi palatasi deputati Valeriy Malashko, O‘zbekiston turizm brendi elchisi, Yakub Kolas nomidagi Davlat adabiy-memorial muzeyi vakili Vasilina Mitskevich, Belarus Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarjimon Inna Frolova o‘zbek tilining ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Valeriy Malashko 29–30-sentabr kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi yakunlarini yuqori baholadi. U ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda parlamentlararo hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Vasilina Mitskevich Yanka Kupalaning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritib, shoirning o‘zbek tilidagi asarlari va arxiv materiallari xususida ma’lumot berdi.

Inna Frolova Belarusda o‘zbek adabiyotiga qiziqish ortib borayotganini qayd etdi. U bunga misol tariqasida Belarusning “Lіtaratura і mastatsva” adabiy nashrida chop etilgan Xayriddin Sultonning “Ikki karra qahramon” hikoyasi haqida gapirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish