BAAning yirik logistika kompaniyasi O‘zbekistondagi istiqbolli loyihalarga qiziqish bildirdi

Iyul 13, 2026. 18:00 • 2 daq

161
BAAning yirik logistika kompaniyasi O‘zbekistondagi istiqbolli loyihalarga qiziqish bildirdi

ABU-DABI, 13-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAAning yirik logistika kompaniyalaridan biri – “AD Ports Group” rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar transport-logistika sohasida O‘zbekiston–Amirliklar hamkorligini rivojlantirish, zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish va yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralarda O‘zbekistonning transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish, mamlakatda logistika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, respublikaning xalqaro transport yo‘laklaridagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Port infratuzilmasi, logistika, dengiz tashuvlari va iqtisodiy zonalarni boshqarish bo‘yicha yetakchi xalqaro operatorlardan biri hisoblangan “AD Ports Group” kompaniyasi O‘zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini hamda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan birgalikda sarmoyaviy imkoniyatlarni o‘rganish, qo‘shma loyihalarni tayyorlash hamda transport-logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish