O‘zbekiston ishbilarmonlari Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston respublikalari va Samara viloyati kompaniyalari bilan yangi shartnomalar imzoladi
Avgust 14, 2026. 12:30 • 2 daq
• 62QOZON, 14-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Kichik biznes assotsiatsiyasi vakillari Tatariston, Boshqirdiston va Samara hududlariga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida tashkil etilgan safar davomida Rossiyaning ushbu hududlarida faoliyat yuritayotgan o‘zbek korxonalari va rus kompaniyalari ishtirokida biznes-forumlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda tadbirkorlar ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish, mahsulotlarni mahalliylashtirish, eksportni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Ishtirokchilar uchun O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmalari hamda B2B formatida ikki tomonlama muzokaralar ham tashkil etildi. O‘zbekistonlik tadbirkorlar rossiyalik ishbilarmonlar bilan eksport-import shartnomalarini imzolab, savdo uylarini ochish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Rossiyaning hududiy savdo-sanoat palatalari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolandi.
Mazkur hujjatlar savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi





