Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonga elektromobillar importi 2,6 baravarga oshdi

Avgust 14, 2026. 11:30 • 2 daq

22
Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonga elektromobillar importi 2,6 baravarga oshdi

TOSHKENT, 14-avgust. /“Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonga umumiy qiymati 447,7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 37 ming 874 ta elektromobil import qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

2025 yilning mos davri bilan solishtirganda, elektromobillar importi hajmi 23,5 ming taga yoki 2,6 baravarga ko‘paydi.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, mahsulot yetkazib berishning asosiy hajmi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi — 37 ming 560 ta elektromobil, bu 6 oylik umumiy importning qariyb 99 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, import Gonkong (XXR maxsus maʼmuriy hududi) — 141 ta, Janubiy Koreya — 80 ta, Germaniya — 42 ta va AQShdan — 21 ta amalga oshirildi. Yana 30 ta elektromobil boshqa mamlakatlardan olib kelindi.

Mutaxassislarning fikricha, importning bu qadar sezilarli darajada oshishi O‘zbekiston avtomobil bozorida talab tarkibining o‘zgarishda davom etayotganidan dalolat beradi. Bozorning keyingi dinamikasi ko‘p jihatdan nafaqat import hajmiga, balki mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, quvvatlash infratuzilmasi, servis xizmatining ommabopligi hamda elektromobillarning ikkilamchi bozori shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi.

2026-yilning birinchi yarim yillik statistikasi O‘zbekiston avtomobil bozorida elektrlashtirish jarayoni tezlashayotganini hamda Xitoy asosiy tashqi elektromobil yetkazib beruvchi sifatidagi mavqeini saqlab qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning iyun oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida yangidan ishga tushirilgan, yiliga 50 mingta elektromobil chiqarish quvvatiga ega innovatsion “BYD Uzbekistan Factory” zavodiga tashrif buyurgan edi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish