O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Noyabr 10, 2026. 19:50 • 2 daq
• 159
TEHRON, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev mamlakatimizning Erondagi Savdo uyi raisi Ehson Javidniyo, Eron-O‘zbekiston qo‘shma savdo palatasi raisi Musa Ogoiy hamda Eron ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muhokama davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirish, investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Elchixona tomonidan Yangi O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, respublikamizdagi erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar va qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari taqdim etildi.
Ishtirokchilar sanoat, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, farmatsevtika va savdo-logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirdilar.
Tomonlar uchrashuv yakunlari bo‘yicha bildirilgan savol va takliflarni yo‘nalishlar kesimida tizimlashtirish, zarur ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish maqsadida amaliy muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi