Kok Li Peng: O‘zbekiston jadal rivojlanish barobarida xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda
Noyabr 10, 2026. 20:25 • 2 daq
• 13
ANTALIYA, 10-noyabr. /“Dunyo” AA/. Singapurning Turkiyadagi elchisi Kok Li Peng “Dunyo” AA muxbiriga COP31 doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston pavilyonidan olgan taassurotlari haqida fikr bildirdi:
– O‘zbekiston milliy pavilyoni kishida juda yoqimli taassurot uyg‘otadi. Bu yerni aylanib, o‘zgacha osoyishtalik va uyg‘unlik muhitini his qilish mumkin.
Yashillikning mo‘lligi, puxta o‘ylangan bezaklar va tabiiy muhit, ayniqsa, COP31-maydoniga xos bo‘lgan umumiy gavjumlik va shovqin fonida o‘zingizni butunlay boshqacha his qilish imkonini beradi.
O‘zbekiston ayrim qo‘shni davlatlar bilan qiyoslaganda nisbatan kichik hududga ega bo‘lishiga qaramay, rivojlanishning yuksak sur’atlarini namoyon etmoqda.
Mamlakat ulkan inson salohiyati, ko‘p sonli aholi, mehnatsevar va tashabbuskor insonlarga ega. O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda, xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ochmoqda.
Eng muhimi, mamlakat barqaror o‘sish va yangi investitsiyalarni jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratgan holda, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish yo‘lida izchil ish olib bormoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi