O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyaning Tochigi prefekturasida biznes forum o‘tkazdi
May 30, 2026. 11:00 • 55 soniya
• 38UTSUNOMIYA, 30-may. /“Dunyo” AA/. Yaponiyaning Tochigi prefekturasida “O‘zbekistonning biznes imkoniyatlari va inson kapitali” forumi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda 110 nafardan ortiq yirik yapon kompaniyalari, rekruting agentliklari va davlat tuzilmalari vakillari ishtirok etdi. Forum doirasida O‘zbekistonning investitsiyaviy va biznes salohiyati, inson resurslari imkoniyatlari, yoshlarni xalqaro mehnat bozori talablari asosida tayyorlash, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdim etildi.
Safar davomida Tochigi prefekturasi gubernatori Tomikadzu Fukuda bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar chog‘ida hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Forum va uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha ko‘plab sohalarda O‘zbekistondan malakali mehnat resurslarini jalb qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Xitoyning Sian shahrida O‘zbekiston-Xitoy hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi






