O‘zbekiston va BAA turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Iyun 05, 2026. 08:10 • 2 daq

142
O‘zbekiston va BAA turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

ABU-DABI, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAA Iqtisodiyot va turizm vaziri Abdulla bin Tuq Al Marri bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot jarayonida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va turizm hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Amirliklar tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalarni yuqori baholab, mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini qayd etdi.

Cuhbat chog‘ida Abdulla bin Tuq Al Marri vazirlik vakillarining V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur forum Markaziy Osiyoda biznesni qo‘llab-quvvatlash va mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Tomonlar, muntazam reyslar sonini ko‘paytirish orqali O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi havo qatnovini kengaytirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha BAA Iqtisodiyot va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish