O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari Sankt-Peterburgda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar 

Iyun 05, 2026. 00:51 • 2 daq

5
O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari Sankt-Peterburgda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar 

TOSHKЕNT, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 20 foizga oshdi.

Sanoat, energetika, metallurgiya, transport, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

Tovar ayirboshlashdagi joriy sur’atlarni saqlab qolish, kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish hamda hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu kunlarda Mariinskiy teatrida Georg Fridrix Gendelning “Tamerlano” operasining premerasi bo‘lib o‘tgani hamda “Ermitaj” davlat muzeyida O‘zbekiston amaliy san’ati ko‘rgazmasi ochilgani qayd etildi.

Yetakchilar bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish