“Travel Tomorrow”: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda turizm markazi sifatida tobora taraqqiyot etmoqda
Iyun 05, 2026. 09:25 • 2 daq
• 10BRYUSSЕL, 5-iyun. /“Dunyo” AA/. Belgiyaning nufuzli “Travel Tomorrow” nashrida O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Elchixona tashabbusi bilan nashr bosh muharriri Antonio Buskardinining tijorat platformasida yoritilgan materialda O‘zbekistonning turizm sohasidagi ulkan maqsadlari, mamlakatni 2030-yilga qadar jahonning yetakchi turistik markazlaridan biriga aylantirish strategiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Maqolada yozilishicha, O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida tashkil etilgan tadbirda mamlakat Beniluks bozori uchun yangi uzoq masofali sayyohlik yo‘nalishi sifatida taqdim etildi va Belgiya, Niderlandiya hamda Luksemburgdan turistlar oqimini oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
Muallif Anna Ignatova fikricha, O‘zbekiston strategiyasining asosiy maqsadi xorijiy sayyohlar sonini yiliga 20 million nafarga yetkazish va turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasini ikki barobar oshirishdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston turistik infratuzilmani rivojlantirishga faol sarmoya kiritmoqda. Yangi turistik obyektlar barpo etilyapti, mehmonxonalar tarmog‘i kengaytirilmoqda, transport tizimi modernizatsiya qilinmoqda hamda shaharlar o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik mustahkamlanmoqda.
Maqolada xalqaro transport aloqalarining ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, “Turkish Airlines “aviakompaniyasi Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasida Istanbul orqali qulay aviaqatnovlarni ta’minlovchi muhim hamkorlardan biri sifatida qayd etilgan.
Shuningdek, maqolada O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilovning mamlakat bugungi kunda xavfsiz va mehmondo‘st sayyohlik yo‘nalishi sifatida e’tirof etilayotgani, turizm sohasidagi tartib-taomillar izchil soddalashtirilayotgani hamda ko‘plab davlatlar, jumladan, Yevropa mamlakatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim kengaytirilgani haqidagi fikrlari keltirilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning transport infratuzilmasi ham izchil rivojlanmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlariga muntazam xalqaro reyslar amalga oshirilmoqda, mamlakatning ichki temir yo‘l tarmog‘i esa sayohatlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.
Maqolada shu yil kuzida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro sayyohlik yarmarkasi ham alohida tilga olingan. Ushbu tadbir ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo bo‘ylab yangi sayyohlik yo‘nalishlarini targ‘ib qilish uchun muhim mintaqaviy platforma bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi “ITB China 2026” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etdi

“Travel Trade Journal” Hindiston sayyohlik kompaniyalari vakillarining O‘zbekistonga lyuks toifasidagi tanishuv turi haqida maqola chop etdi






