Minskda “O‘zbek qovuni festivali” boshlandi
Avgust 30, 2026. 10:00 • 51 soniya
• 251MINSK, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. 28-avgust kuni Belarus poytaxtida O‘zbekistonning boy milliy anʼanalari va agrar salohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan “O‘zbek qovuni festivali” boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir doirasida tashrif buyuruvchilarga O‘zbekistonda “O‘zagrostar Xolding” korxonasi tomonidan yetishtirilgan turli navdagi qovunlar, meva-sabzavot va boshqa milliy mahsulotlar taqdim etilmoqda. Shuningdek, mehmonlar o‘zbek milliy taomlari, musiqa va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Bayramning ko‘plab mehmonlari fikriga ko‘ra, festival O‘zbekiston va Belarus xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, milliy mahsulotlarni Belarus bozorida keng targ‘ib qilish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



