O‘zbekiston fuqarolarining xorijga turistik safarlari surʼati ortmoqda

Avgust 18, 2026. 14:00 • 2 daq

181
O‘zbekiston fuqarolarining xorijga turistik safarlari surʼati ortmoqda

TOSHKENT, 18-avgust. / “Dunyo” AA/. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 4,4 million nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

2025-yilning mos davri bilan solishtirganda, chet elga turistik safarlar soni 45,6 ming nafarga ko‘paydi.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar tashriflar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Xususan, joriy yilning yetti oyi davomida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p quyidagi mamlakatlarga tashrif buyurishdi:

Qirg‘iziston — 1 million 981 ming 542 kishi;

Qozog‘iston — 805 ming 437;

Tojikiston — 744 ming 974;

Rossiya — 222 ming 605;

Saudiya Arabistoni — 167 ming 337;

Turkiya — 166 ming 893;

BAA — 47 ming 20;

Xitoy — 43 ming 581;

Misr — 32 ming 470;

Vyetnam — 28 ming 224 kishi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu statistika O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy safarlarga bo‘lgan qiziqishi yuqori darajada saqlanib qolayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, sayohatlar geografiyasi nafaqat Yaqin Sharq, balki Yevropa va Osiyoning ommabop turistik yo‘nalishlarini ham bosqichma-bosqich qamrab olmoqda. Xorijga chiqishlar umumiy sonining ortishi aholining turistik harakatchanligi kengayayotganini hamda O‘zbekistonning xalqaro turistik aloqalari mustahkamlanayotganini tasdiqlaydi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish