Eron Bahrayndagi AQSh radiolokatsiya stansiyasiga zarba berilganini ma’lum qildi

Noyabr 13, 2026. 18:00 • 2 daq

• 129
Eron Bahrayndagi AQSh radiolokatsiya stansiyasiga zarba berilganini ma’lum qildi

TЕHRON, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Bahrayndagi AQShning erta ogohlantiruvchi radiolokatsiya stansiyasiga zarba berilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Al Jazeera”ga tayanib.

IIQK bayonotiga ko‘ra, ushbu zarba Eron janubidagi Hurmuzgon viloyatining Sirik tumanida joylashgan telekommunikatsiya minorasiga havodan berilgan zarbaga javob bo‘ldi. Eron OAVlari radiolokatsiya qurilmasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi.

“Tasnim” axborot agentligi tarqatgan bayonotda yuz bergan hodisa dushmanga nisbatan jiddiy ogohlantirish deb atalgan. Shuningdek, IIQK shunday harakatlar takrorlangan taqdirda yangi zarbalar yo‘llashga tayyorligi haqida ogohlantirgan.

Xabar e’lon qilingan vaqtda AQSh va Bahrayn rasmiy vakillari Tehronning mazkur bayonotiga munosabat bildirmagan edi.

Bahraynda AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy-dengiz operatsiyalari uchun mas’ul bo‘lgan Harbiy-dengiz kuchlari Beshinchi flotining shtab-kvartirasi joylashgan. 28-fevral kuni mojaroning dastlabki soatlarida Manamadagi AQSh harbiy bazasi allaqachon hujumga uchragan edi.

Bu Eronning sentabr oyi boshidan beri Fors ko‘rfazi davlatlaridan biridagi AQSh harbiy obyektiga qilingan hujum haqidagi ilk bayonotidir.

“Reuters” agentligi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish