Robert Veksler: Amerika kompaniyalarining O‘zbekistonga qiziqish ortib bormoqda
Iyun 17, 2026. 13:00 • 2 daq
• 89
TOSHKЕNT, 17-iyun. /“Dunyo” AA/. V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgan AQSHning “Petrocas Energy Group” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Robert Veksler “Dunyo” AA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi.
– Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga bu yerda shakllanayotgan keng imkoniyatlar hamda demografik o‘sish sur’atlari tufayli qiziqish bildirmoqda. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan Vashingtonda taqdim etilgan va bugun mamlakat ichida amalga oshirilayotgan yurtni rivojlantirishga doir izchil va konstruktiv yondashuv ham muhim omil sanaladi.
Forum bizda katta taassurot qoldirmoqda va bu amaliy natijalar bilan o‘z tasdig‘ini topmoqda. Tezkor qarorlar qabul qilish va maksimal darajada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun qo‘shimcha vakolatlar olayotgan hududiy va mahalliy hokimiyat organlarining faol roli alohida qayd etilmoqda.
Men direktorlar kengashi a’zosi sifatida vakillik qilayotgan “Petrocas Energy Group” kompaniyasi O‘zbekistonda yoqilg‘ini chakana sotish va butun mamlakat bo‘ylab avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qurish sohasida 100 ga yaqin loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, neftni qayta ishlash sektori hamda aviatsiya sohasida samaradorlikni oshirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilmoqda.
Ushbu faoliyat doirasida kamida 3000 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, qariyb 100 million dollarlik Amerika texnologiyalarini jalb etish va umumiy investitsiyalar hajmini taxminan 350 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi