Sabine Mahl: Termiz Markaziy va Janubiy Osiyoni o‘zaro bog‘lovchi muhim ko‘prik vazifasini bajarmoqda

Iyun 04, 2026. 21:55 • 2 daq

171
Sabine Mahl: Termiz Markaziy va Janubiy Osiyoni o‘zaro bog‘lovchi muhim ko‘prik vazifasini bajarmoqda

TOSHKЕNT, 4-iyun. /“Dunyo” AA/.  BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining ikkinchi yig‘ilishi yuzasidan “Dunyo” axborot agentligi muxbiriga intervyu berdi:

– O‘zbekistonga ikkinchi Termiz muloqotining tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida samimiy minnatdorlik bildiramiz. Bugun ushbu maydonda ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarining o‘zaro bog‘liqlik masalalarini muhokama qilish uchun birlashgani alohida ahamiyatga ega.

O‘zbekistondagi BMT jamoasi nuqtayi nazaridan qaraganda, har qanday o‘zaro bog‘liqlik tashabbusining markazida inson manfaatlari turishi lozim. Bu tushuncha faqat yo‘llar, transport tarmoqlari yoki infratuzilma bilan cheklanmaydi. U, avvalo, inson kapitali, ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak.

Termiz muloqoti aynan shu masalalarni ilgari surish uchun muhim imkoniyat yaratadi. Zero, tinchlik va o‘zaro bog‘liqlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq tushunchalardir. Termiz esa Markaziy va Janubiy Osiyoni o‘zaro bog‘lovchi muhim ko‘prik vazifasini bajarib kelayotgan shahardir.

Bugungi muloqot davlatlar va xalqlarni ajratib turadigan omillarga emas, balki ularni birlashtiradigan umumiy maqsad va manfaatlarga e’tibor qaratish uchun muhim imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish