Rossiyaning Primorye o‘lkasida Farg‘ona viloyat rus drama teatrining gastrol safarlari bo‘lib o‘tmoqda

Iyun 02, 2026. 09:00 • 2 daq

199

VLADIVOSTOK, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. 25-maydan 7-iyunga qadar Rossiyaning Primorye o‘lkasidagi Vladivostok va Ussuriysk shaharlarida doirasida Farg‘ona viloyat rus drama teatri jamoasining gastrol safarlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Gastrol safari Rossiya Madaniyat vazirligining Butunrossiya gastrol-konsert rejasiga muvofiq “Roskonsert” madaniyat muassasasi tomonidan tashkil etildi. Dasturning xalqaro yo‘nalishi doirasida M.Gorkiy nomidagi Primorye akademik drama teatri va V.F.Komissarjevskaya nomidagi Ussuriysk drama teatri sahnalarida “Shoh Bahrom uchun oy”, “Isteʼdod kuchi” hamda “Barcha sichqonlar pishloqni yaxshi ko‘radi” spektakllari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur gastrol safari oldidan Primorye akademik o‘lka drama teatrida matbuot anjumani va Farg‘ona viloyat rus drama teatri gastrolining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimizning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Farg‘ona viloyat rus drama teatri, Primorye akademik drama teatri, diplomatik korpus vakillari hamda 40 dan ortiq mahalliy ommaviy axborot vositalari va blogerlar ishtirok etdi.

800 nafar tomoshabin eʼtiboriga fors shohi Bahrom va Xitoy malikasi Diloromning sevgi qissasiga bag‘ishlangan “Shoh Bahrom uchun oy” spektakli havola etildi. Spektakl Alisher Navoiyning 1484-yilda chig‘atoy tilida yozilgan “Xamsa” dostoni tarkibiga kiruvchi asar asosida sahnalashtirilgan.

Tadbir so‘ngida mehmonlar va tomoshabinlar uchun palov, somsa kabi o‘zbek milliy taomlaridan iborat dasturxon yozildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish