Fransiyada o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi

Oktabr 27, 2026. 16:30 • 2 daq

• 111
Fransiyada o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi
Fransiyada o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi
Fransiyada o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi
Fransiyada o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi
Fransiyada o‘zbek madaniyatiga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi

PARIJ, 27-oktabr. /“Dunyo” AA/. Fransiyaning Bretan mintaqasidagi La-Shapel-Bueksik kommunasida “Breton shamollaridan Buyuk ipak yo‘ligacha” shiori ostida “Ouzh'Breizh” o‘zbek-breton madaniy festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi va kommuna meriyasi hamkorligida 21–25-oktabr kunlari o‘tkazilgan mazkur tadbir mahalliy jamoatchilikni mamlakatimizning boy madaniy merosi, milliy an’analari va san’ati bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.

Unda yurtimizdan tashrif buyurgan san’at, madaniyat, moda va milliy gastronomiya vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.

Festival dasturidan o‘zbek va breton musiqachilari hamda raqs jamoalarining chiqishlari, milliy kostyumlar namoyishi, amaliy san’at ko‘rgazmalari, ilmiy-madaniy konferensiyalar va hunarmandchilik bo‘yicha mahorat darslari o‘rin oldi. 

Mehmonlar o‘zbek milliy taomlaridan tatib ko‘rib, kashtachilik sir-asrorlari bilan yaqindan tanishdilar.

Kommuna meri Roje Morazen o‘zbek delegatsiyasini qutlar ekan, mazkur festival ikki xalq o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam ekanini ta’kidladi. O‘zining O‘zbekistonga safari chog‘ida xalqimizning mehmondo‘stligidan katta taassurot olganini qayd etgan mer bunday tadbirlar turizm va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirishiga ishonch bildirdi.

An’anaviy musiqa assotsiatsiyasi vakili Raul Dide ham o‘z navbatida o‘zbek milliy musiqasi va raqslari ishtirokchilarda ulkan taassurot qoldirganini alohida e’tirof etdi.

Mazkur festival O‘zbekistonning Fransiya hududlaridagi madaniy ishtirokini kengaytirish hamda xalq diplomatiyasi aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish