Moskvada o‘zbek rassomi Rustam Bazarov asarlari ko‘rgazmasi ochildi
Sentabr 19, 2026. 17:00 • 2 daq
• 89MOSKVA,-19-sentyabr. /»Dunyo» AA/. 17-sentyabr kuni O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida I.Bunin nomidagi kutubxonada taniqli o‘zbek rassomi Rustam Bazarov asarlari ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbirda Rossiya davlat va jamoatchilik doiralari vakillari, madaniyat va san’at arboblari hamda zamonaviy san’at ixlosmandlari ishtirok etdi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi gumanitar va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan muhim madaniy voqeaga aylandi. Rassomning ko‘rgazmaga qo‘yilgan 60 ta asari O‘zbekiston milliy badiiy merosining boyligini aks ettiradi.
Rustam Bazarovning milliy badiiy an’analar va o‘zbek tasviriy san’atining zamonaviy tendensiyalari aks etgan asarlari mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.
Ochilish dasturi doirasida «Nilufar» raqs jamoasining chiqishlari ham bo‘lib o‘tdi. Yorqin va jo‘shqin raqslar tadbir madaniy dasturining bir qismiga aylanib, mehmonlarga an’anaviy o‘zbek san’atining rang-barangligi bilan tanishish imkonini berdi.
Tadbirning davomi sifatida mehmonlarga o‘zbek palovi tortiq etildi. Milliy taomlar, musiqa, raqs va tasviriy san’at ochiq madaniy muloqot va mehmondo‘stlik muhitini yaratdi.
Tadbir davomida mehmonlar bu kabi madaniy tashabbuslarning O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni rivojlantirishdagi muhim rolini ta’kidladilar. San’at va madaniyat xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro qiziqish, hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.
Rustam Bazarov asarlari ko‘rgazmasi-2026-yil 2-oktyabrga qadar davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

