«Travel Tomorrow»: O‘zbekiston yil boshidan buyon 9,1 million xorijiy sayyohni qabul qildi
Sentabr 19, 2026. 15:30 • 2 daq
• 29
BRYUSSEL,-19-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Belgiyaning ixtisoslashgan «Travel Tomorrow» portali O‘zbekistonga-2026-yilning dastlabki sakkiz oyida xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 21,1 foizga oshgani haqida maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo»AA muxbiri.
Turizm qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvardan avgustgacha bo‘lgan davrda mamlakatga 9,1 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Ushbu davrda turistik xizmatlar eksporti 53,5 foizga o‘sib, 4,6 milliard dollarga yetdi.
O‘zbekistonda, shuningdek, 705 ta yangi joylashtirish obyekti ochildi va ro‘yxatga olingan joylashtirish vositalarining umumiy soni 7,4 mingdan oshdi.
Sayyohlar oqimining eng yuqori o‘sishi Xitoy va Malayziyadan qayd etildi - ikki baravardan ziyod. Yaponiyadan kelgan sayyohlar soni 50 foizga, Germaniyadan - 25 foizga, Fransiya va Buyuk Britaniyadan - 21 foizga oshdi.
O‘zbekiston hukumati joriy o‘n yillikning oxiriga qadar xorijiy sayyohlar sonini 20 millionga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi