Novosibirskda ilk bor “Meros” o‘zbek madaniyati va an’analari markazi ochildi

Oktabr 26, 2026. 09:25 • 2 daq

• 313
Novosibirskda ilk bor “Meros” o‘zbek madaniyati va an’analari markazi ochildi
Novosibirskda ilk bor “Meros” o‘zbek madaniyati va an’analari markazi ochildi
Novosibirskda ilk bor “Meros” o‘zbek madaniyati va an’analari markazi ochildi
Novosibirskda ilk bor “Meros” o‘zbek madaniyati va an’analari markazi ochildi

NOVOSIBIRSK, 26-oktabr. /“Dunyo” AA/. Novosibirsk shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan “Meros” o‘zbek madaniyati va an’analari markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Marosimda Novosibirskning ijtimoiy-siyosiy doiralari vakillari, mahalliy oliy o‘quv yurtlari rektorlari, Do‘stlik uylari rahbarlari, Tomsk, Kemerovo va Barnauldagi o‘zbek diasporalari a’zolari, shuningdek, Novosibirsk viloyatida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi.

“Meros” markazi Rossiyada rasman ro‘yxatdan o‘tdi va Sibir federal okrugida ochilgan yirik milliy markazlardan biriga aylandi. Tadbir ishtirokchilari ushbu markazning tashkil etilishi hudud aholisiga O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixi, an’ana va urf-odatlari hamda uning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishish imkonini berishini ta’kidladi.

Markaz ekspozitsiyasi milliy uslubda bezatilgan bo‘lib, o‘zbek madaniy merosiga bag‘ishlangan. Bu yerda milliy liboslar namunalari, musiqa asboblari, sopol va kulolchilik mahsulotlari, shuningdek, amaliy-bezak san’atining boshqa buyumlari namoyish etilgan.

Ekspozitsiyani jihozlashda “Vatandoshlar” jamoat fondi katta yordam ko‘rsatib, milliy liboslar, musiqa asboblari, sopol buyumlar va boshqa eksponatlarni taqdim etdi.

“Meros” markazining ochilishi Sibir aholisini O‘zbekiston madaniyati bilan tanishtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda vatandoshlar va mahalliy jamoatchilik o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish