Norvegiyada o‘tkazilgan biznes-forumda O‘zbekistonning IT-salohiyati namoyish etildi

Oktabr 27, 2026. 14:00 • 2 daq

• 46

OSLO, 27-oktabr. /“Dunyo” AA/. Norvegiyada barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan birinchi Norvegiya-o‘zbek biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbir O‘zbekistonning Stokgolm shahrida joylashgan elchixonasi tomonidan Norvegiya kichik va o‘rta biznes assotsiatsiyasi (“SME Norway”) bilan hamkorlikda mamlakatimiz delegatsiyasi ishtirokida tashkil etildi.

Forumda O‘zbekiston elchisi Rahmatulla Nurimbetov, raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Akaxiro Sakurai, “SME Norway” prezidenti Yusuf Gilani va Norvegiya tadbirkorlar assotsiatsiyasi rahbari Eyvind Skare qatnashib, qutlov so‘zlari bilan qatnashdilar.

Anjuman davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish, IT-xizmatlar eksport hajmini oshirish, texnologik kompaniyalar uchun infratuzilma yaratish hamda autsorsing yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Tadbirda “IT Park”, shuningdek, Samarqand va Jizzax viloyatlari vakillari mamlakatimizning salohiyati hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini taqdim etdilar.

Yusuf Gilani O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, norvegiyalik kompaniyalarni o‘zbek bozoriga faol kirib borishga chaqirdi. Shuningdek, ishtirokchilarga “Yangi Toshkent” megaloyihasining infratuzilmaviy tashabbuslari tanishtirildi.

O‘zbekistondan “Talenthub”, “Z Mile”, “Global Outsourcing Partners” va “World Mmm”, shuningdek, Norvegiyaning “Resilienza Holding AS” va “Sensoeconomic” kompaniyalari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Forum doirasida ikki tomonlama B2B uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Volür”, “Mesh Youngstorget AS”, “Viznor”, “Qualcomm Tech”, “UzNord Import AS” kompaniyalari hamda “SME Norway” assotsiatsiyasi bilan sun’iy intellektni oziq-ovqat sanoatida qo‘llash, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbekistonlik mutaxassislarni ish bilan ta’minlash va o‘zaro biznes-missiyalarni tashkil etish sohalarida kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish