“Al-Muntasaf”: O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligida yangi ustuvor yo‘nalishlar belgilanmoqda

Sentabr 11, 2026. 18:00 • 2 daq

172
“Al-Muntasaf”: O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligida yangi ustuvor yo‘nalishlar belgilanmoqda

SANO, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. Yamanning “Al-Muntasaf” portalida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi sanoat va texnologik hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda taʼkidlanishicha, O‘zbekiston–Koreya munosabatlari rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Ilgari ikki tomonlama aloqalarning asosini oddiy savdo va uskunalar yetkazib berish tashkil etgan bo‘lsa, endilikda asosiy urg‘u sanoat va texnologik hamkorlikka, yuqori texnologik ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda muhim mineral resurslarni qayta ishlashga qaratilmoqda.

Maqolada keltirilishicha, 2025-yilda ikki tomonlama savdo hajmi deyarli 1,8 milliard dollarni tashkil etdi. 2026-yilning avgust oyida esa ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlash hajmini yaqin istiqbolda 4 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 10 milliard dollardan oshdi, Koreya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni esa 1 000 taga yaqinlashdi.

Taʼkidlanganidek, “Uz-Kor Gas Chemical” majmuasi (4 milliard dollarlik loyiha), “ADM Jizzakh” zavodida “Kia” avtomobillarini ishlab chiqarish, “Posco International”ning to‘qimachilik loyihalari hamda “Tashkent Pharma Park” klasteri ikki mamlakat o‘rtasidagi mustahkam sanoat kooperatsiyasining yorqin namunasidir.

Maqolada 2026-yil 16–17-sentyabr kunlari Seulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining birinchi sammiti mintaqaviy hamkorlikka yangi surʼat bag‘ishlashi va O‘zbekistonning ushbu jarayondagi yetakchi maydon sifatidagi o‘rnini mustahkamlashi qayd etilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish