“Euronews Italia”: Serbiya Toshkentda elchixona ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Sentabr 11, 2026. 15:30 • 2 daq
• 172
RIM, 11-sentabr. /“Dunyo” AA/. Xalqaro “Euronews Italia” telekanalining Italiya tahririyatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgradga rasmiy tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan sharh eʼlon qilindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Sharhda qayd etilishicha, tashrif chog‘ida O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Savdo, transport, energetika, raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, turizm va mehnat mobilligi sohalarida 20 ta ikki tomonlama bitim maʼqullandi.
Tomonlar erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarga tayyorgarlikni ham boshlagan.
Maqolada transport sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilgan. O‘zbekiston va Serbiya Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bog‘lovchi O‘rta yo‘lakni qo‘llab-quvvatlashga doir hujjatlarni imzoladi.
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich 7–8 oy ichida Belgrad va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini taʼkidlagan.
“Euronews Italia” nashrida yozilishicha, Serbiyaning Toshkentda elchixonasi ochilishi ikki tomonlama aloqalarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Belgraddagi “Expo–2027” ko‘rgazmasida alohida milliy pavilyon bilan ishtirok etishini maʼlum qilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi