“Ammwaj”: O‘zbekiston 2026–2027-yillar uchun MDH Turizm kengashiga raislik qiladi

Oktabr 01, 2026. 12:00 • 2 daq

• 74
“Ammwaj”: O‘zbekiston 2026–2027-yillar uchun MDH Turizm kengashiga raislik qiladi

AR-RIYOZ, 1-oktabr. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonining “Ammwaj” elektron gazetasida O‘zbekistonning 2026–2027-yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Turizm kengashiga raislik qilishiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, ushbu qaror Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Turizm kengashining navbatdagi majlisida qabul qilingan. Mazkur qadam Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston o‘z raisligi davrida transchegaraviy turizmni rivojlantirish hamda MDH mamlakatlarining diqqatga sazovor joylarini o‘zaro bog‘lovchi yangi marshrutlarni shakllantirishga asosiy e’tibor qaratadi. Bu turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va o‘zaro sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Maqola yakunida respublikamizning ustuvor vazifalari qatoriga sayyohlik axboroti va statistikasi almashinuvini kengaytirish, soha uchun kadrlar tayyorlash hamda malakasini oshirish ishlarini faollashtirish kiritilgani ta’kidlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish