Britaniya «Skier & Snowboarder» jurnali O‘zbekistonni qishki turizm yo‘nalishi sifatida e’tirof qildi
Sentabr 30, 2026. 14:30 • 2 daq
• 110
LONDON, 30-sentabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyaning “Skier & Snowboarder” jurnalida Pyotr Shepardning “Ipak yo‘li bo‘ylab chang‘ida: O‘zbekistonni kashf eting” nomli maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muallif O‘zbekistonni nafaqat Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy yo‘nalishi, balki chang‘i va snoubordda uchishni Toshkent, Samarqand va Buxoroga tashrif bilan birlashtirish mumkin bo‘lgan qishki dam olish maskani sifatida ham ta’riflagan.
Nashrda 2019-yil oxirida ochilgan Amirsoy tog‘-chang‘i kurortiga alohida e’tibor qaratilgan. Yettita dor yo‘li (ko‘targich), umumiy uzunligi 15 km dan ortiq bo‘lgan 11 ta trassa, sun’iy qor qoplash tizimi va chang‘i mavsumining taxminan 100–120 kun davom etishi qayd etilgan.
Maqolada trassalar sifati va kengligi, tashrif buyuruvchilarning nisbatan kamligi, quruq iqlim va chang‘i uchish uchun mos keladigan qor, frirayd (erkin uchish) imkoniyatlari hamda chang‘i uchish narxi taxminan 20 funt sterling atrofida ekani ta’kidlangan.
Kurortning sayyohlik infratuzilmasi, jumladan, mehmonxonalar va shalelar, restoranlar, hammom, sauna, basseyn, muz maydoni, kvadrotsikllar va qorda yuruvchi mashinalar ijarasi haqida ham ma’lumotlar berilgan. Xodimlarning mehmondo‘stligi va ularning ingliz tiliga o‘qitilayotgani alohida qayd etilgan.
Materialning katta qismi sayohatning madaniy qismiga bag‘ishlangan. Amirsoydan so‘ng Toshkent, Buxoro va Samarqand sayohat qilish uchun sayyohlik markazlari o‘rtasidagi qulay temir yo‘l qatnovi mavjudligi ta’kidlangan.
Buxoro Poyi Kalon majmuasi, Ark qal’asi va Somoniylar maqbarasi kabi tarixiy diqqatga sazovor joylar orqali, Samarqand esa Buyuk Ipak yo‘lining asosiy shaharlaridan biri sifatida namoyish etilgan bo‘lib, Registon maydoniga alohida e’tibor qaratilgan.
Nashrda o‘zbek milliy taomlari, jumladan, palov va tandirda tayyorlanadigan taomlar hamda an’anaviy palovni tayyorlash jarayonida ishtirok etish imkoniyati mavjudligi qayd etilgan.
Muallif O‘zbekistonni Tyan-Shanda tog‘-chang‘i dam olishini madaniy, tarixiy va gastronomik turizm bilan birlashtirish imkonini beruvchi qishki yo‘nalish sifatida e’tirof etgan. Londondan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar borligi va poytaxtdan Amirsoygacha bo‘lgan transport qulayligi alohida qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi