“Associated Press of Pakistan” AA: O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida madaniy aloqalar izchil rivojlanmoqda
Noyabr 20, 2026. 16:30 • 2 daq
• 68
ISLOMOBOD, 20-noyabr. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Associated Press of Pakistan” axborot agentligida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi munosabatlarga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasida madaniyat va san’at sohasidagi aloqalar izchil rivojlanib, yangi mazmun kasb etayotgani ta’kidlangan. Jumladan, Iordaniya vakillarining O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro forum va festivallarda muntazam ishtiroki ikki xalq o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Muallifning ta’kidlashicha, 2021-yil 14–16-sentabr kunlari Xivada o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumida Iordaniya vakillarining ishtiroki ikki mintaqa o‘rtasidagi madaniy muloqotni kengaytirishga xizmat qildi.
Yurtimizda o‘tkazib kelinayotgan “Lazgi” xalqaro raqs festivalida Iordaniya vakillarining muntazam ishtirok etishi ijodiy aloqalarning davomiyligini ta’minlamoqda. 2024-yil 26–28-iyun kunlari Zominda o‘tkazilgan “Maqom san’ati” xalqaro festivalida Iordaniya vakillarining qatnashishi musiqiy merosimiz orqali muloqot qilish imkonini berdi.
Shu yilning 26–30-avgust kunlari Samarqandda o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida Iordaniya vakillarining ishtirok etishi ham Sharq xalqlarining musiqiy an’analarini o‘zaro tanishtirishga xizmat qildi.
Madaniyat vaziri 2025-yil 26–28-aprel kunlari Xivada tashkil etilgan IV Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida iordaniyalik jurnalistlarning faol qatnashgani haqida ham alohida to‘xtalib o‘tgan.
Materialda 2025-yil 26–28-may kunlari Samarqandda o‘tkazilgan “Samarqand – 2025 yilda Islom olami madaniyati poytaxti” tadbirlarida Iordaniya madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgani xususida ma’lumot berilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi