“Daily Independent”: Turkiy davlatlar ilmda intellektual makon sifatida birlashmoqda

Iyul 25, 2026. 15:00 • 2 daq

147
“Daily Independent”: Turkiy davlatlar ilmda intellektual makon sifatida birlashmoqda

ISLOMOBOD, 25-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Daily Independent” gazetasida “Turkiy dunyo bilan yagona intellektual makon sari: Renessans davrining yangi ilmiy integratsiyasi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muallif, O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Mo‘minov yozganidek, Markaziy Osiyo davlatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi so‘nggi o‘n yillik ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda ilmiy-maʼrifiy munosabatlar bu mintaqadosh strategik sheriklarning hamkorlik bobida yangilanish davriga qadam qo‘yganliklarini ko‘rsatmoqda.

“Xususan O‘zbekiston oliy taʼlim tizimi bu jarayonda mintaqaviy integratsiyaning bosh drayveri va ilm-fan xabiga aylanib ulgurdi, – deya qayd etgan u. – Bugungi kunda O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan 3 020 nafar yoshlar kelajak poydevorini qurishmoqda. Bu qo‘shni davlatlar ota-onalari va yoshlarining O‘zbekiston taʼlim sifatiga bo‘lgan yuksak ishonchi belgisidir”.

Intilishlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, O‘zbekiston hukumati Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun maxsus Davlat grantlarini joriy etdi. Unga ko‘ra, har bir qo‘shni davlat uchun yiliga 20 tadan bepul taʼlim kvotasi ajratilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu qadam mintaqada «maʼrifiy diplomatiya»ga keng yo‘l ochdi.

Nashrda taʼkidlanishicha, taʼlim sohasidagi integratsiya to‘lqini Markaziy Osiyo sarhadlaridan oshib, Kaspiy ortiga — Ozarbayjon bag‘riga qadar kirib bordi.

Bugun ushbu ko‘p tomonlama hamkorlik rishtalari Turkiy davlatlar tashkiloti deb atalgan ulkan oilaviy makonning eng muhim poydevoriga aylandi. Muhimi – bugun turkiy davlatlar ilmda ham intellektual makon sifatida ham birlashmoqda.

Maqola muallifi taʼkidlashiga ko‘ra, bir paytlar faqat qog‘ozlarda aks etgan “Umumiy uyimiz” g‘oyasi bugun universitetlar auditoriyalarida, talabalar orasidagi qizg‘in ilmiy bahslarda yashamoqda.

Maqola “Demakki, bugun qardosh yellar bag‘rida o‘z uyidek mehr va eʼtibor bilan ilm olayotgan talabalar ertaga butun mintaqaning iqtisodiy xavfsizligi, suv balansi, ekologiyasi va texnologik mustaqilligini taʼminlaydigan ziyo kuchiga aynadi. Shu maʼnoda Markaziy Osiyo taʼlim integratsiyasi – global dunyoda raqobatga bardosh bera oladigan yagona intellektual makon yaratishning eng to‘g‘ri va oqilona yo‘lidir”, – degan so‘zlar bilan yakunlangan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish