“Dіya Bіznes”: “TextileExpo Uzbekistan 2026” O‘zbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda
May 13, 2026. 14:25 • 2 daq
• 147
KIYEV, 14-may. /“Dunyo” AA/. Ukrainaning Ukrainaning tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan “Diya.Biznes” davlat onlayn platformasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “TextileExpo Uzbekistan 2026” 26-xalqaro to‘qimachilik va yengil sanoat ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda taʼkidlanishicha, “TextileExpo Uzbekistan” mintaqada to‘qimachilik va moda industriyasining yetakchi xalqaro maydonlaridan biri bo‘lib, “Tashkent Textile Week” doirasidagi asosiy kasbiy tadbir hisoblanadi. Ko‘rgazma O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati rivojiga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini kengaytirishga hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etilgan.
Maqolada ko‘rgazmaning xalqaro ko‘lamiga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, unda O‘zbekiston kompaniyalari bilan bir qatorda Xitoy, Hindiston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari vakillari ishtirok etayotgani taʼkidlangan.
Shuningdek, ko‘rgazma xomashyo va matolardan tortib tayyor mahsulotlar hamda zamonaviy uskunalargacha bo‘lgan to‘liq to‘qimachilik zanjirini qamrab olgani qayd etilgan. O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish imkoniyatlari, jumladan Yevropa Ittifoqining GSP+ savdo imtiyozlari orqali eksportni kengaytirish masalasiga alohida urg‘u berilgan.
Maʼlum qilinishicha, ko‘rgazma doirasida xalqaro to‘qimachilik konferensiyasi, B2B formatdagi uchrashuvlar, biznes-turlar, fabrikalarga tashriflar, moda namoyishlari hamda brendlash, sertifikatlash, barqaror rivojlanish va sohaga oid zamonaviy tendensiyalarga bag‘ishlangan taʼlimiy tadbirlar tashkil etilgan.
Materialda yozilishicha, “TextileExpo Uzbekistan” nafaqat mamlakatning eng yirik tarmoq tadbirlaridan biri, balki O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining iqtisodiy o‘sishi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida baholanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“Eurasia Magazine”: TDT sammitlari orqali sheriklik aloqalari tobora mustahkamlanmoqda

Pokiston OAV: TDT mamlakatlari O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy sheriklari qatoriga kiradi


