“BBC Two”da O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus dastur namoyish qilinmoqda

May 14, 2026. 12:55 • 2 daq

84
“BBC Two”da O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus dastur namoyish qilinmoqda

LONDON, 14-may. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning mashhur “BBC Two” telekanalida O‘zbekistonga bag‘ishlangan “Buyuk qitʼa temir yo‘l sayohatlari” nomli teleloyiha efirga uzatila boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur teleloyiha 2010-yildan buyon dunyoning 15 dan ortiq mamlakatida, jumladan, AQSH, Avstraliya, Hindiston, Malayziya, Singapur va Ozarbayjonda suratga olingan. Uni “BBC Two” boshlovchisi, britaniyalik sobiq yuqori martabali siyosatchi Maykl Portillo olib boradi.

Dastur O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosiga, shuningdek, mamlakatning jadal rivojlanayotgan temir yo‘l tizimiga bag‘ishlangan. Loyihaning har biri 30 daqiqalik besh qismdan iborat. Ko‘rsatuvlar Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarni qamrab olgan bo‘lib, “BBC Two” telekanali orqali butun dunyo bo‘ylab namoyish etiladi.

Loyihaning muhim jihati shundaki, u O‘zbekistonni xalqaro auditoriyaga boy tarixiy va madaniy merosga hamda zamonaviy infratuzilmaga ega mamlakat sifatida tanishtiradi. Mamlakat bo‘ylab temir yo‘lda sayohat qilish imkoniyatlari, uning Buyuk Ipak yo‘li sivilizatsiyasi bilan bog‘liq tarixi, geostrategik ahamiyati xorijlik tomoshabinlarda alohida qiziqish uyg‘otmoqda.

Bugungi kunda ushbu ko‘rsatuv “BBC Two” telekanalidagi eng mashhur sayyohlik dasturlaridan biri hisoblanadi va bir necha muvaffaqiyatli mavsumdan buyon efirga uzatilib kelinmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish