“Global News Pakistan” AA: O‘zbekiston va Qirg‘iziston ekologik tashabbuslarni xalqaro platformalarda faol ilgari surmoqda

Iyul 31, 2026. 19:00 • 2 daq

53
“Global News Pakistan” AA: O‘zbekiston va Qirg‘iziston ekologik tashabbuslarni xalqaro platformalarda faol ilgari surmoqda

ISLOMOBOD, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Global News Pakistan” axborot agentligi “O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi: ekologik hamkorlikning yangi bosqich va istiqbollari” sarlavhali maqolani tarqatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda izchil rivojlanib borayotgani eʼtirof etilgan.

Xususanda, unda ikki mamlakat o‘rtasidagi ekologik hamkorlikning huquqiy poydevori 1996-yil 24-dekabrda imzolangan Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim bilan yaratilgani taʼkidlanadi.

Axborot agentligining yozishicha, 2022–2025-yillar davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. 2022-yilda Bishkek shahrida Qor qoploni va uning ekotizimlarini saqlash bo‘yicha Global dastur Boshqaruv qo‘mitasining 7-yig‘ilishida O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi. 2023-yilda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy seminar hamda 2024-yilda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Hadli konvensiyasi doirasidagi Ikki yillik shaffoflik hisobotlarini tayyorlashga bag‘ishlangan o‘quv seminari ikki mamlakat mutaxassislarining malakasini oshirishda muhim maydonga aylandi.

“Ekologik muammolar chegara bilmaydi. Shu sababli ikki davlat ko‘plab xalqaro va mintaqaviy tashabbuslarda birgalikda ishtirok etmoqda, – deyilgan materialda. – 2019-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan YUNESKOning “G‘arbiy Tyanshan” transchegaraviy Butunjahon tabiiy merosi obyektini boshqarish bo‘yicha Memorandum imzolandi. Bu hujjat noyob tog‘ ekotizimlarini asrash yo‘lidagi muhim mexanizmga aylandi”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish