Markaziy Osiyo va Ozarbayjon Prezidentlari Issiqko‘l sohilida “Boku” mehmonxonasining ochilish marosimida ishtirok etdilar
Iyul 31, 2026. 17:58 • 57 soniya
• 25
TOSHKENT, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. Norasmiy Maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bugun Issiqko‘l sohilida yangi besh yulduzli “Boku” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, yetakchilar zamonaviy mehmonxona majmuasida tashrif buyuruvchilar dam olishi va xalqaro tadbirlarni o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Mehmonxona 17,2 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni qariyb 30 ming kvadrat metr bo‘lgan 120 dan ortiq xonali yetti qavatli binoni, basseyn, akvapark, sport va ko‘ngilochar infratuzilmani o‘z ichiga oladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi