O‘zbekiston va Qirg‘iziston ittifoqchiligi Rossiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

Iyul 31, 2026. 13:30 • 2 daq

98
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ittifoqchiligi Rossiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ittifoqchiligi Rossiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ittifoqchiligi Rossiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

MOSKVA, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. Rossiya OAV O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifiga katta eʼtibor qaratib, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi tarixiy shartnomaning imzolangan haqida yozmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “TASS” axborot agentligi va “MIR24.TV” davlatlararo telekanali O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishini bosh voqea sifatida eʼtirof etib, ushbu hujjat ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishini qayd etadi.

“Moskovskiy komsomoles” gazetasi va boshqa OAV O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonning oliy davlat mukofoti — I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlangani haqida batafsil yozib, bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek-qirg‘iz munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasining eʼtirofi ekanini taʼkidlaydi.

O‘z navbatida, “Ritm Yevrazii” axborot-tahliliy nashri chegara masalalarini tartibga solishning yakunlangani hamda transport infratuzilmasini rivojlantirish va qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirilayotganiga alohida eʼtibor qaratib, ularning Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini qayd etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish