O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasida o‘z aksiyalarini joylashtirdi

May 20, 2026. 11:55 • 2 daq

166
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi London fond birjasida o‘z aksiyalarini joylashtirdi

MOSKVA, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi(“UzNIF”) aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida joylashtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Rossiyaning “Interfaks” axborot agentligiga tayanib.

Agentlikda qayd etilishicha, aksiyalarni joylashtirish mamlakat tarixidagi kapital bozoridagi eng yirik bitim bo‘ldi. IPO doirasida fond global depozit kvitansiyalari (“GDR”) va aksiyalarni joylashtirdi va investorlarga kapitalning taxminan 31 foizini taklif qildi.

Joylashtirish narxi “GDR” uchun 25 dollarni va aksiya uchun esa 4,65 so‘mni tashkil etdi. Jalb qilingan mablag‘larning umumiy hajmi qariyb 603,6 million dollarga yetdi.

Tashkilotchilarning maʼlumotiga ko‘ra, Joylashtiruvga bo‘lgan talab taklifdan ancha yuqori bo‘lib, 2,8 milliard dollardan oshgan, arizalar kitobi esa to‘rt martadan ko‘proq qayta imzolangan.

Kelishuv ishtirokchilari orasidan “BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi yirik xalqaro investorlar o‘rin olgan.

Aksiyalarni joylashtirish “Franklin Templeton” kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, bu O‘zbekiston uchun bir vaqtning o‘zida ikkita fond birjasida amalga oshirilgan ilk xalqaro ommaviy joylashtiruv bo‘ldi.

Joylashtiruv doirasida “UzNIF”ning global depozitar tilxatlari London fond birjasida savdoga qo‘yildi va bu fondning xalqaro kapital bozoriga chiqish hamda investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirdi.

London fond birjasidagi savdolarga ruxsat berish marosimida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qatnashdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi Londonda Buyuk Britaniyaning investitsiya va moliya sektori vakillari bilan bir nechta uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida kapital bozorini rivojlantirish, moliya qonunchiligini takomillashtirish va xalqaro kliring tizimlari bilan integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish