Pokiston matbuoti O‘zbekistonning urbanizatsiya sohasidagi islohotlarini eʼtirof qildi
May 19, 2026. 14:55 • 2 daq
• 37
ISLOMOBOD, 19-may. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The Diplomatic Insight” jurnalida “Boku – WUF-13: barcha munosib uy-joy, xavfsiz va barqaror shaharlarda yashashga haqli” sarlavhali maqola eʼlon qilindi,deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon poytaxti – Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasi (WUF-13)da ishtirok etgani maʼlum qilingan.
Nashrda taʼkidlanganidek, O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklif va tashabbuslari bilan uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida so‘nggi 8 yilda mamlakatda 120 million kvadrat metr yoki 600 mingdan ziyod xonadonlar qurilib, foydalanishga topshirildi. Uy-joy sotib olishga ko‘maklashish uchun 541 ming nafar fuqaroga 103 trillion so‘m arzon ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratildi. Bunday saʼy-harakatlar natijasida urbanizatsiya darajasi 1991-yildagi 40,3 foizdan 51 foizga yetdi.
Urbanizatsiya sohasida ishlarni samarali va tizimli amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tashkil etildi.
Shuningdek, materialda O‘zbekistonda o‘tgan yillar mobaynida 210 million kvadrat metr bino-inshoot, 647 ming xonadonli 15 mingdan ortiq ko‘p qavatli uy-joy barpo etilgani maʼlum qilingan. Qurilish ishlarining hajmi 2016-yildagi 30 trillion so‘mdan o‘tgan yili 314 trillion so‘mga yetdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshib, urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetgan, qariyb 20 million nafar aholi shaharlarda yashamoqda. Shu sababli, urbanizatsiya siyosatida asosiy eʼtibor umumiy tamoyillardan amaliy mexanizmlar – moliyalashtirish, boshqaruv va masʼuliyat masalalariga qaratilyapti.
Ushbu maqola Pokistonning “Infora News” portalida ham chop etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Shveysariya matbuoti: Namangan Markaziy Osiyoning asosiy madaniy turizm markaziga aylanib bormoqda



