O‘zbekiston va Qatar madaniyat sohasida 5 yillik hamkorlik bitimini imzoladi

Sentabr 10, 2026. 11:30 • 2 daq

158
O‘zbekiston va Qatar madaniyat sohasida 5 yillik hamkorlik bitimini imzoladi

AR-RIYOZ, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. Islom hamkorlik tashkilotining “OIC States Broadcasting Union” portalida Qatar muzeylari va O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi o‘rtasida 5 yillik bitim tuzilgani yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, ushbu hujjat O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun uzoq muddatli institutsional zamin yaratishga qaratilgan.

Bitimni Qatar Xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri, Qatar muzeylari Vasiylik kengashi aʼzosi Mariam bint Ali Al Misnad hamda O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi Kengashi raisi Gayane Umerova imzoladi.

Qatar muzeylari Vasiylik kengashi raisi sheyxa Al-Mayassa bint Xamad ben Xalifa Al Tani ushbu tashabbus ikki mamlakat mutaxassislarining birgalikda taʼlim olishi va faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar ochishini taʼkidladi.

Maqolada maʼlum qilinishicha, ushbu bitim Qatarning madaniy diplomatiyasi va “Madaniy yillar” tashabbusi doirasiga kiradi. Hujjat art-rezidensiyalar va rassomlar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ko‘rgazmalar, dizayn, hunarmandchilik, moda, kino, musiqa va pazandachilik sanʼatini rivojlantirish, shuningdek, islom madaniy merosini saqlash va himoya qilishni qamrab oladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish