O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Sentabr 10, 2026. 14:00 • 45 soniya

52
O‘zbekiston va Suriya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

DAMASHQ, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Suriya tashqi ishlar vazirligi Osiyo, Afrika va Okeaniya mamlakatlari departamenti rahbari Nada al-Asvad bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “SANA” axborot agentligi maʼlumotiga tayanib.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Suriya o‘rtasida iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish