“Orient” AA: 2026 yilgi Toshkent xalqaro investitsiya forumi 95 dan ortiq mamlakat investorlarini o‘zida jamlaydi

May 26, 2026. 10:25 • 2 daq

180
“Orient” AA: 2026 yilgi Toshkent xalqaro investitsiya forumi 95 dan ortiq mamlakat investorlarini o‘zida jamlaydi

ASHXOBOD, 27-may. /“Dunyo” AA/. Turkmanistonning “Orient” axborot agentligida joriy yil 16-18-iyun kunlari O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga (TXIF) bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb yozmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qayd etilishicha, forum beshinchi bor dunyoning 95 dan ortiq mamlakatidan ishbilarmon doiralar, suveren fondlar, taraqqiyot banklari va davlat tuzilmalari vakillarini bir maydonga to‘playdi. 2022-yilda o‘tkazila boshlagan TXIF shu vaqtga qadar o‘zini mintaqaning yetakchi investitsiya platformalaridan biri sifatida namoyon etdi.

O‘tgan forum yakunlariga ko‘ra, imzolangan bitimlarning umumiy hajmi 30 milliard dollardan oshgan, ishtirokchilar soni esa 3 ming kishidan ziyodni tashkil qilgan.

Nashrning yozishicha, bu yilgi forumda asosan qayta tiklanuvchi energetika, infratuzilma va logistika, sanoat va xususiylashtirish, agrosanoat majmuasi, shuningdek, raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Taʼkidlanishicha, forum nafaqat munozara maydoni, balki amaliy kelishuvlar tuzish, B2B va B2G formatlarida uchrashuvlar o‘tkazish, investitsiya loyihalarini taqdim etish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun samarali mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish