“Volkswagen” joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
May 27, 2026. 13:55 • 2 daq
• 77
LONDON, 27-may. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning “Volkswagen” avtokonserni O‘zbekiston avtomobil sanoatini yana-da rivojlantirish dasturi doirasida Toshkentda yirik yig‘uv ishlab chiqarishini tashkil etish niyatida, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Britaniyaning “Just Auto” portaliga tayanib.
Nashrga ko‘ra, loyihaning birinchi bosqichida O‘zbekiston poytaxtida avtomobillarni yirik bo‘g‘inli yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Kelgusida ishlab chiqarishni “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida yuqoriroq mahalliylashtirish darajasiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Taʼkidlanishicha, loyiha 2025-yil iyun oyida strategik sheriklik bitimi imzolangan “O‘zavtosanoat” davlat kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Maqolada O‘zbekiston avtomobil sanoati barqaror rivojlanish surʼatlarini namoyish etayotgani alohida eʼtirof etilgan. Ayni paytda mamlakatda “Chevrolet”, “BYD”, “KIA” va “Hyundai” kabi xalqaro brendlar bilan hamkorlikda mahsulot ishlab chiqaruvchi beshta avtomobil zavodi faoliyat yuritmoqda.
Xabarda aytilishicha, sohada 10 mingdan ortiq mutaxassis band bo‘lib, 300 dan ziyod mahalliy korxona avtomobil ishlab chiqaruvchilarni butlovchi qismlar bilan taʼminlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish hamda 2026-yil oxirigacha avtokomponentlar bozorini rivojlantirishning kompleks strategiyasini tayyorlash vazifalarini qo‘ygani qayd etilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“Onda Cero”: O‘zbekiston Jahon chempionatida qatnashadigan ilk Markaziy Osiyo mamlakati sifatida tarixga kirdi

“Orient” AA: 2026 yilgi Toshkent xalqaro investitsiya forumi 95 dan ortiq mamlakat investorlarini o‘zida jamlaydi


