“Orta Lectura”: O‘zbekiston Prezidentining OHICHK sammitidagi ishtiroki mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytiradi

Oktabr 15, 2026. 11:30 • 2 daq

• 233
“Orta Lectura”: O‘zbekiston Prezidentining OHICHK sammitidagi ishtiroki mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytiradi

MADRID, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. Ispaniyaning “Orta Lectura” yangiliklar portalida O‘zbekiston Prezidentining Bokudagi OHICHK sammitidagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi hamda Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashuvi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamladi.

Tashrifning asosiy voqeasi Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishini (O‘rta yo‘lak) rivojlantirish, bojxona, moliyaviy va logistika jarayonlarini raqamlashtirish, energetika va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muloqotni o‘z ichiga olgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning 7-sammiti bo‘ldi.

Nashrning yozishicha, sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Prezident rahbarligida O‘zbekiston nisbatan yakkalanib qolishdan MDH, Turkiy davlatlar tashkiloti va OHICHK faoliyatida faol ishtirok etishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

So‘nggi kelishuvlar orasida Germaniyaning “Rhenus” kompaniyasi bilan yuk terminallarini rivojlantirish va Amerikaning “Franklin Templeton” kompaniyasi bilan davlat korxonalarining fond bozoriga chiqishi bo‘yicha kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etdi.

Maqolada O‘zbekiston transport tarmoqlarining transkontinental savdo tizimiga yanada keng integratsiya qilish borasida ham alohida to‘xtalib o‘tilgan. Yig‘ilishlar yakunida Boku deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish