“CAWA Media”: Namangandagi Xalqaro gullar festivalida dunyo floristlari birlashadi
May 14, 2026. 09:25 • 2 daq
• 58
STOKGOLM, 15-may. /“Dunyo” AA/. Shvetsiyaning “CAWA Media” xalqaro mediaresursi Namangan viloyatida o‘tkaziladigan Xalqaro gullar festivali haqida maqola eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda taʼkidlanishicha, 1961-yilda boshlagan ushbu festival yillar davomida butun dunyo professionallari — floristlar va landshaft dizaynerlari eʼtiborini tortadigan muhim xalqaro tadbirga aylangan.
Maqolada tadbirlar dasturiga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, Namanganning markaziy ko‘chalari bo‘ylab tirik gullar bilan bezatilgan 200 dan ortiq transport vositasi ishtirokida ulkan gul paradi bo‘lib o‘tishi maʼlum qilingan. Asosiy bayram tantanalari Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi. U yerda 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan ishtirokchilarning noyob kompozitsiyalari va mavzuli bog‘lari namoyish etiladi.
“CAWA Media”skandinaviyalik sayyohlar uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim amal qilishi, bu esa Namangandagi festivalda ishtirok etish hamda Samarqand, Buxoro va Toshkent kabi mamlakatning boshqa tarixiy shaharlari bilan yaqindan tanishish uchun keng imkoniyatlar yaratishini alohida taʼkidlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Saudiya Arabistonining “Okaz” gazetasida O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining intervyusi eʼlon qilindi

“Sada al-Balad”: Namanganda Xalqaro gullar festivali bu gal yubiley, 65-marotaba tashkil etiladi


