Logo

O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrif yakuniga yetdi

May 15, 2026. 21:15 • 51 soniya

56
O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga amaliy tashrif yakuniga yetdi

TOSHKENT, 15-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiston shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, unda muhim tashabbuslarni ilgari surdi, tashkilot doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Shuningdek, Prezidentimiz Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hamrohligida O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan masjidni borib ko‘rdi hamda delegatsiyalar rahbarlari bilan birgalikda Turkistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish